“Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchilarining O‘zbekistondagi vakili — Quramax Medical MCHJ sotuvi 9 oy oldin to‘xtatilgan boshqa dorilar sotilishiga ruxsat so‘ramoqda. Advokat hozirda 50 turdan ortiq, qiymati 28 mlrd so‘mlik shunday dorilar borligi va ularning sifatsizligini tasdiqlovchi fakt yo‘qligini bildirdi.
Chorshanba kuni “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda ayblanuvchi xindistonlik tadbirkor yaroqsiz va hujjatlari shubhali “Kuraraks” dorisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari uchun mas’ul davlat tashkilotida ishlovchi amaldorga 33 ming dollar berganini tan oldi.
Hindistonning Uttar-Pradesh shtati rasmiylari Marion Biotech farmatsevtika kompaniyasining ishlab chiqarish litsenziyasini bekor qildi. Kompaniyaning «Dok-1 Maks» siropi O‘zbekistonda kamida 20 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan. Ilgariroq litsenziyaning amal qilish muddati to‘xtatilgandi.
O‘zbekiston bo‘ylab 308 ta dorixonada o‘tkazilgan monitoringda aniqlanishicha, sotuvi taqiqlangan, Quramax Medical kompaniyasi olib kirgan dorilar sotuvi hamon davom etmoqda. Aholi bu dorilarni yuz bergan fojiali holatlarga qaramay, avvalgidek sotib olyapti, deyiladi «Yuksalish» umummilliy harakati xabarida.
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida “Quramax Medical” MCHJga berilgan litsenziyani bekor qilish masalasi ko‘rib chiqildi. Sud qarori bilan litsenziya bekor qilinishi va qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari muomaladan chiqarilib, yo‘q qilinishi belgilandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting